9 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida lift ichida ona va bola qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:51 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida lift ichida fuqarolar qolib ketgani va ularga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochib berilib, ichidagi ona va bola sog‘-salomat qutqarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41804 | Инструменты