Ijtimoiy tarmoqlarda Olx onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bola sotuvga qo‘yilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani tez fursatda aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan I. A (2012-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasi A. M
(2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv
haqida (o‘zi ochgan akkauntdan) e’lon joylashtirib, sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62720 | Инструменты