Huawei 1
Toshkentda qariyalar uyining devori qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahallalardan birida choyxona devori devori qulaganligi va uni yonidagi Nexia-3 avtomobiliga zarar yetgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 14-mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori qulab tushgan. Xabarga ko'ra, devorning qulashiga Toshkentda bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo'lgan. 

Natijada, devor oldida turgan “Nexia-3” rusumli, (1985 y.t., fuqaro S.A.ga tegishli) bo‘lgan avtomashinaga shikast yetgan. 

Ta'kidlanishicha hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilning mart oyida Buxoro shahrida kuzatilgan muttasil yog‘ingarchilik oqibatida “Talipoch qalʼa darvozasi” devorining bir qismi qulab tushgandi. Uni ta'mirlash uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgani xabar qilingfandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73018 | Инструменты