Huawei 1
Toshkentda qiz behayo raqsga tushib, YPX formasida video joyladi

Toshkent shahrida 4-fevral kuni bir guruh yoshlar mashinada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi, shuningdek, bloger qiz behayo raqsga tushib, IIO formasini kiyib videotasvirga tushdi.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu holat 2003-yilda tug‘ilgan Sh.T., 2002-yilda tug‘ilgan X.I., 2000-yilda tug‘ilgan Sh.J., 2004-yilda tug‘ilgan A.X., 2006-yilda tug‘ilgan K.M. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. 2002-yilda tug‘ilgan X.I. boshqaruvida bo‘lgan Lacettini boshqarib ketayotib, Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-modda (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) 2-qismida nazarda tutilgan qoida buzarlikni sodir qilganligi yuzasidan planshet qurilmasida elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Holat bo‘yicha fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berib, qonuniy chora ko‘rish uchun Mirobod tumani IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qiz 900 ming so'm jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102111 | Инструменты