Huawei 1
Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qiz 900 ming so'mdan jarimaga tortildi

Avvalroq, Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qizga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu ish sudda ko'rib chiqildi. Bu haqda "Uzreport.news" manbasi xabar berdi.

Sud hukmiga ko'ra, qizlar Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasiga binoan 3 BHM (900 ming so'm) dan jarimaga tortildi.

"Aybimizni tan olamiz. Afsus, ahmoqlikdan shu ishni qilib qo'ydik", - deydi qizlardan biri.

Sababini sudga tushuntirishga harakat qilib, "mehmonlar bilan rasmga tushayotgan edik, ulardan bittasi kelib, shu ishni qilishimizni, u esa rasmga olishini so'radi, - dedi ikkinchi qiz. - Bu shunchaki hazil edi, yuzimiz bilan bir-birimizga yaqinlashdik, ammo haqiqiy bo'sa bo'lgani yo'q. Videoda bu holat tasvirlangan, iltimos qilardikki, shu odamni topib, videoni ko'rib, baho berishingizni".

Eslatib o'tamiz, ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qiz 15-oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Avto – Shou" tadbiri qatnashuvchilar tomonidan videotasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты