Unga nisbatan internetdan foydalanish, jamoat joylariga borish, spirtli ichimliklar ichish kabi cheklovlar jazo tariqasida berildi
Avvalroq, 21 yoshli talaba yigit voyaga yetmagan 15 yoshli qiz bilan tanishib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgani haqida xabar berildi. Xabarga ko‘ra, 2022-yil sentabr oyi oxirida u o‘z xonadoniga voyaga yetmagan qizni olib kelib, u yerda jinsiy aloqada bo‘lgan. O‘sha kuni kechqurun qizni maktab stadioniga olib borgan va u yerda ham o‘z nafsini qondirgan.
Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mazkur holat ko‘rib chiqilgan.
Unga ko‘ra, yigit Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy harakatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, yigit hibsda saqlangan 3 kunini har bir kunini ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirgan holda chegirib tashlash yo‘li bilan o‘tash uchun 2 yil 11 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Shuningdek, ko‘ngilochar joylarga bormaslik, tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik, jabrlanuvchi bilan har qanday usulda suhbatlashmaslik, internet tarmoqlaridan foydalanmaslik kabi taqiqlar (cheklashlar) qo‘shimcha ravishda yuklatilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxorodagi cho‘lda bir ayolga kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagan 3 nafar erkak ushlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41803 | Инструменты