Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yangi Call-markaz ishga tushirildi, deb xabar berdi IIBB YHXB.
Qayd qilinishicha, markaz jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklari yuzasidan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish davomida va huquqbuzarliklar yuzasidan shakllantirilgan qarorlar ustidan shikoyat hamda takliflarini tez hal etish uchun mo‘ljallangan.
Endi fuqarolar quyidagi raqamlar orqali markazga qo‘ng‘iroq qilib, mutaxassislar bilan bog‘lanib, shakllantirilgan qarorlar ustidan shikoyat berishi mumkin:
+998959543432
+998959543137
+998959543136
+998959543039
Shu bilan birga, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Telegram platformasidagi guruhiga yozish orqali Ma’muriy amaliyot markazi yo‘nalishidagi savol va shikoyatlarni yo‘llash mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21211 | Инструменты