Toshkentda yong‘in xavfsizligi buzilgani sababli Savdo markazlardan biridagi bolalar maydonchasi yopildi

Aviator savdo markazida yosh bolaning vafotiga sabab bo‘lgan yirik yong‘indan so‘ng Toshkentdagi savdo-ko‘ngilochar majmualarning yong‘in xavfsizligi holati tekshirila boshlandi.

Tekshiruvlar davomida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, avtomatik xabar berish tizimlari, zaxira evakuatsiya yo‘llari, ichki yong‘in kranlari, “Chiqish” elektron tablolari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va boshqa yong‘inga qarshi inventarlarning mavjudligi, sozligi va ishlash qobiliyati o‘rganiladi.

Huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda obyektlar faoliyati ular to‘liq bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Xususan, Uchtepa tumanidagi "Globus Mall" savdo-ko‘ngilochar majmuasining bolalar o‘yin zonasi faoliyati yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilgani va insonlar hayotiga xavf tug‘dirgani sababli vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirda obyekt egalari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi obyekt xodimlariga yo‘riqnomalar berib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tushuntirilayotganini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20413 | Инструменты