Huawei 1
Toshkentda yuk tashish karasi yonib ketdi

24 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuk tashish karasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 aprel kuni soat 16:54 da Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan ob’ekt hududida yuk tashish karasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 17:01 da yetib borib, yong‘in soat 17:13 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70315 | Инструменты