Toshkentdagi 5-sonli avtobus yo'nalishi o'zgardi

Joriy yilning 25-avgust kunidan boshlab, 5-sonli "Feruza mavzesi-Gulobod ko'chasi" avtobus yo'nalishining harakati Beruniy ko'chasidan A.Navoiy ko'chasi orqali "Chorsu savdo markazi ASHB"gacha ikki taraflama tashkil etildi.

Shuningdek, yo'nalish nomi ham 5-sonli "Feruza mavzesi-Chorsu savdo markazi ASHB" avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, bundan ko'zlangan maqsad jamoat transporti tizimini va yo'nalishlar tarmog'ini maqbullashtirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirishdan iborat.

Ta'kidlanishicha, mazkur avtobus yo'nalishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qaroriga asosan tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40502 | Инструменты