Toshkentdagi yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlar loyihasi 8-may kuni rasman ishga tushiriladi. Bu haqda 5-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Streetpark Systems pulli avtoturargohlar operatori vakillari ma’lum qildi.
Birinchi bosqich doirasida 30-maygacha poytaxtning 6 ta sinov ko‘chasida dastlabki pulli avtoturargohlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ular orasida Amir Temur xiyoboni, Mirobod, Shahrisabz, Istiqbol va Zarafshon ko‘chalari bo‘lib, hozirda hududni obodonlashtirish, asfalt yotqizish, yo‘l belgilarini o‘rnatish va maxsus chiziqlar chizishni o‘z ichiga olgan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ikkinchi bosqichda esa 30-iyungacha poytaxtning yana 30 ta ko‘chasida pulli yo‘l bo‘yi avtoturargohlari paydo bo‘ladi, iyul oyi oxirigacha 13 208 ta to‘xtash joyiga mo‘ljallangan nuqtalar barcha 86 ta ko‘chani qamrab oladi.
Toshkentda pulli yo‘l bo‘yi avtoturargohlari tashkil etiladigan 86 ta ko‘cha ro‘yxati
Avtoturargoh uchun joylar quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlandi:
Streetpark Systems’ning tushuntirishicha, to‘xtash joyi uchun to‘lovni amalga oshirishning asosiy usuli Poytaxt Parking mobil ilovasi bo‘ladi, u takomillashtirilmoqda va shu hafta oxirida ilova do‘konlarida paydo bo‘ladi.
Ilova ichida foydalanuvchilar Payme, Click, Uzum Bank kabi turli to‘lov xizmatlaridan, shuningdek, xalqaro bank kartalaridan foydalanib to‘lov usullarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunga qo‘shimcha ravishda, avtoturargohlar yaqinida naqd pul qabul qilish uchun Paynet terminallari o‘rnatiladi. Avtoturargoh narxi to‘lov usulidan qat’i nazar bir xil bo‘ladi.
Hozirda Toshkent beshta tarif zonasiga bo‘lingan bo‘lib, pulli to‘xtash joyining narxi ana shu hududlarga qarab soatiga 5 mingdan 12 ming so‘mgacha o‘zgaradi. Streetpark Systems vakilining ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi uylar aholisiga tungi vaqtda bepul to‘xtash imkonini beruvchi kunduzgi tariflar va rezident to‘xtash joyi ruxsatnomasi ishlab chiqilmoqda.
Pulli hududlarni vizual belgilar orqali aniqlash mumkin:
Bundan tashqari, Poytaxt Parking mobil ilovasida real vaqt rejimida pulli hududlar xaritasi, jumladan, joylarning mavjudligi va narxi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Paynet terminallarida haydovchilar uchun ushbu hududda to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, to‘xtash joyi raqami bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, pulli avtoturargohlarni joriy etishning dastlabki bosqichida qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Streetpark Systems’da ta’kidlanishicha, inspektorlar joylarda haydovchilar bilan tushuntirish ishlarini olib boradi. Qoidabuzarliklarni videokameralar qayd etadi, biroq jarimalar yozilishi boshlanishi va ularning miqdori haqida OAV orqali alohida ma’lum qilish rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60701 | Инструменты