Toshkentdagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

12 may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida hududidagi chiqindi saqlash joyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 18:18 da Mirzo Ulug‘bek tumani Jasorat ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi hududida chiqindi saqlash joyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:25 da yetib borib, 18:41 da qurshab olingan va soat 18:49 da batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21507 | Инструменты