Toshkent shahar Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan toshkent shahar FVB Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-may kuni soat 11:25 atrofida Toshkent shahar Yashnobod tumani Muxtor Ashrafi ko‘chasida Mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
"Voqea sodir bo‘lgan joyga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirgi vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda", - deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.