Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish 50 million dollarga baholanmoqda

Toshkent shahar hokimligida Shota Rustaveli ko‘chasini kompleks rekonstruksiya qilish bo‘yicha yirik loyihaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Rekonstruksiya ishlari Shota Rustaveli ko‘chasining Mirabad ko‘chasidan Choshtepa chorrahasigacha bo‘lgan 6,5 km uchastkasini qamrab oladi va 1 iyundan boshlanadi.

Kutilayotgan natijalarga ko‘ra, jamoat transporti harakat tezligi 25,6 km/soatgacha (+38%) oshadi, shaxsiy transport uchun esa bu ko‘rsatkich 29,8 km/soat (+26%) ni tashkil etadi. Loyihaning iqtisodiy samarasi yiliga 3,8 million dollarni tashkil qiladi.

Shuningdek, shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirishga oid izohni ham berdi.

Dastlabki bosqichdagi ishlar taxminiy 50 million dollarni tashkil etib, Shota Rustaveli ko‘chasini kompleks yangilash, shuningdek, Amir Temur hiyoboni, Shahrisabz ko‘chasi va Olmazor tumanida joylashgan boshqa muhim uchastkalarni yangilashni qilishni o‘z ichiga oladi.

"Baʼzi manbalarda keltirilgan 198 million AQSH dollari miqdoridagi summa faqat bitta ko‘chani qayta qurish loyihasiga tegishli emas. Gap transport tarmog‘i va unga tutash hududlarni (piyodalar yo‘laklari, velosipedchilar yo‘laklari, sug‘orish, yoritish, drenaj tizimlari va boshqalar) modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli infratuzilmaviy tadbirlarni o‘z ichiga olgan doiraviy kelishuv haqida bormoqda. Ushbu hujjat dastlabki xarakterga ega — aniq shartlar, hajmlar, muddatlar va smeta hisob-kitoblari alohida loyiha bloklarini tayyorlash jarayonida aniqlanadi", — deyiladi hokimiyat izohida.

Hokimiyatda taʼkidlanishicha, barcha loyihalar amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Barcha dolzarb maʼlumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazilib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41618 | Инструменты