Toshkentdagi Vebstr universiteti abituriyentlarning hujjatini onlayn qabul qilishni boshladi
Toshkent shahridagi Vebster universitetiga kirish to'liq onlayn rejimda amalga oshirilganligi uchun yangi o'quv yiliga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
Topshirish muddati - 2020 yil 1 avgustgacha.
Nomzodlar ariza topshirish uchun onlayn portalda o'z profilini yaratib, anketani to'ldirgan holda zarur hujjatlarni elektron formatda (PDF, JPG, PNG) yuklaydilar.
Hujjatlar notarial tasdiqlangan ravishda ingliz tiliga tarjima qilinishi lozim.
Bakalavriatura bosqichi uchun talab etiladigan hujjatlar:
TOEFL sertifikati (kamida 80), IELTS (kamida 6.0) yoki ingliz tili bilim darajasini aniqlovchi boshqa standartlashtirilgan test natijasi;
Rasmiy diplom va transkript, umumiy o'rta ball kamida 2,5 (4 ballik tizim bo'yicha);
Pasport nusxasi.
Vebster universitetiga kirish imtihonlari o'tkazilmaydi.
Qabul jarayoni onlayn amalga oshirilib, rasmiy veb-sayt orqali hujjat topshiriladi va Sent-Luisdagi (AQSH) qabul komissiyasi tomonidan nomzodlar ko'rib chiqiladi. Natijalar ikki haftadan so'ng nomzodning elektron manziliga yo'llanadi.
Batafsil ma'lumot uchun:
- BS in Business dasturi bo'yicha: (90) 927 3300
- BA in Economics dasturi bo'yicha: (90) 986 3300
- BA in Media Studies bo'yicha: (90) 975 3300
- Magistratura ta'lim dasturlari (MA TESL & MBA): (90) 927 3300
Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishish uchun https://youtu.be/F-DrML2D0BQ havolasiga o'tish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82723 | Инструменты