“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Buxoro yo‘nalishida parvoz qilayotgan HY23 yo‘lovchi reysi uchish aeroportiga qaytdi. Samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qo‘ndi. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40504 | Инструменты