Uzbekistan Airports samolyotlar kech yetib kelishi sababli 17-fevral kuni kechiktirilayotgan parvozlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Aviakompaniyaning HY-341 Toshkent—Sharm ash-Sheyx reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan, biroq u soat 12:00 ga qoldirilgan.
Shuningdek, Centrum Air aviakompaniyasining C6-7712 Urganch—Jidda reysi, reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan parvozi soat 12:30 ga qoldirilgan. Bundan tashqari:
— Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-667 Toshkent—Novosibirsk reysi, reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 12:30 ga belgilangan, hozirda soat 13:10 ga;
— Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-5359 Toshkent—Jidda reysi, rejalashtirilgan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 12:20, hozirda soat 15:00 ga;
— Air Astana aviakompaniyasining KS-128 Toshkent—Olmaota reysi, reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 14:35 ga belgilangan, hozirda soat 15:50 ga;
— Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-501 Toshkent—Pekin reysi, reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 13:50 ga belgilangan, hozirda soat 17:20 ga;
— Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-273 Toshkent—Istanbul reysi, reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 16:50 ga belgilangan, hozirda soat 18:00 ga qoldirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты