Huawei 1
Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Uzautotrans Service korxonasi joriy yilning 17-avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida, 22-avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida, 23-avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan “Toshkent” avtovokzali hamda Uzautotrans Service korxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing.

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91101 | Инструменты