Toshkentdan yuborilgan “Aqlvoy” avtobuslari Surxondaryoga yetib bordi

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan janub hududlarga yuborilgan jami 7 ta “Aqlvoy”  avtobuslari bugun, 7-may kuni yetib bordi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Aqlvoy”  avtobuslari tantanali kutib olinib, tegishli hudud vakillariga topshirildi.  Tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi U.Qosimov ishtirok etib, qamrov darajasi past bo‘lgan hududlar uchun yana 4 ta maxsus jihozlangan,  “Aqlvoy” avtobuslarini topshirdi.  Viloyat hokimi U.Qosimov o‘z nutqida, ushbu 4 ta mobil bog‘chalar hisobiga hududlarda yana 24 ta guruhda 384 nafar bolalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinishiga erishilishi quvonarli ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda dastlab Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumaniga, 2021-yilda vohaning Bandixon, Oltinsoy, Denov, Uzun tumanlariga “Aqlvoy”  avtobuslari berilgan edi. Bugun vohaga kelgan 4 ta yangi avtobuslar evaziga viloyatdagi “Aqlvoy” mobil avtobuslarining soni jami 9 tani tashkil etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты