Huawei 1
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda 361 kilogramm eshak go‘shtini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatib qolindi.

Qayd etilishicha, 25 may kuni Qarshi—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli transport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida mashinaning yukxonasidan go‘sht mahsulotlari topilgan.

Suhbat davomida haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlari o‘ziga tegishli emasligini, balki uni aytilgan manzilga olib ketayotganini bildirgan.

Sirdaryo viloyati IIB JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimining so‘zlariga ko‘ra, transport vositasida nomaʼlum hayvonga tegishli 361 kilogramm go‘sht borligi aniqlangan. Ushbu go‘sht mahsulotlari Sirdaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasiga topshirilgan va ular eshak go‘shti ekani tasdiqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60605 | Инструменты