Poytaxtda aholi uzluksiz ravishda o‘smoqda. Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda.
Shundan:
- erkaklar soni – 1 mln 471700 kishi;
- ayollar soni – 1 mln 527 800 kishi.
Eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi. Eng kam aholi soni Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.
Quyida hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:
- Olmazor tumanida – 395 ming kishi
- Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi
- Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi
- Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi
- Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi
- Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi
- Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi
- Yangihayot tumanida – 161 ming kishi
- Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi
- Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi
- Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi
- Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi
Alpha version: 0.9.1.19 build 52417 | Инструменты