Joriy yilning 8-iyul kuni 67- va 18-sonli avtobuslarning yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Ushbu holat "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi, Transport nazorati inspeksiyasi boshlig'i va mas'ul xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, yo'lovchilar hayotini xavf ostiga qo'ygani, o'z xizmat vazifasini suiste'mol qilib qo'pol qoidabuzarlikni amalga oshirgani uchun ushbu haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, qo'pol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning elektron bazasi, ya'ni, "Qora ro'yxat"i joriy etilgan bo'lib, unga ko'ra ushbu haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmasliklari qat'iy belgilangan.
Hozirda ushbu ro'yxatga kiritilgan haydovchilar soni 197 nafarni tashkil etmoqda. 18-sonli avtobus haydovchisi ham sodir etgan qoidabuzarligi uchun ushbu ro'yxatga kiritildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты