Huawei 1
Tunda yaxshi uxlamaslik qanday xastaliklarga sabab bo‘ladi?

Uzoq umr ko‘rish garovi sog‘lom turmush tarzi ekani bugun barchaga ayon. Uning eng muhim omillaridan biri esa sog‘lom uyqudir.

Maʼlumotlarga ko‘ra, har kuni tunda bir xil vaqtda uxlaydiganlar boshqalarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rar ekan.

— Inson salomatligida meʼyoriy uyquning ahamiyati yuqori, — deydi oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova. — Chunki kun davomida yo‘qotilgan energiya zaxiralari aynan uning yordamida qayta tiklanadi. Qolaversa, o‘qish va ishlash kabi hayotiy faoliyat uchun ham tiniqib orom olish zarur.

Kechki payt uyqudan avval uzoq vaqt televizor ko‘rish, kompyuterda ishlash, planshet yoki telefondan foydalanish, yaʼni ko‘z oldida sunʼiy yorug‘likning bo‘lishi uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Melatoninning qisqarishi esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi.

Bu holat:

qonda qand va yog‘larning ortishi;
semizlik;
qandli diabetning 2-turi;
qon bosimi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari;
depressiya;
immunitetning pasayishi;
tez-tez shamollash;
miya faolligining susayishi;
jigarni yog‘ bosishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, kayfiyat buzilishi, xotiraning susayishi va teridagi ayrim kasalliklar ham ko‘pincha tiniqib uxlamaslik oqibatida kelib chiqadi. Eng yomoni, inson ertasi kuni yetarlicha orom olsa ham buning organizmga foydasi bo‘lmaydi.

Shu bois sog‘lom uyqu uchun quyidagilarga amal qiling:

kechki uyqudan 1 soat avval televizor ko‘rmang;
kompyuter va gadjetlardan foydalanmang;
uyquga juda kech yotmang;
bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning;
eng yaxshi uyqu vaqti kechki soat 23:00 dan tongi 06:00 gacha.

Sog‘lom uyqu vaqti yoshga qarab turlicha. Yaʼni bolalarda bu soat ko‘proqni tashkil qilsa, katta insonlarda biroz kamroq.

Misol uchun:

chaqaloqlar — 18-19 soat;
bolalar — 11-12 soat;
katta yoshlilar — 7-8 soat uxlashi meʼyor hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111705 | Инструменты