Huawei 1
Turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari 47,4 ming nafarni tashkil etdi

2024-yil yanvar-dekabr oylarida 47,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,9 ming nafarga yoki 60,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Misrga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • sayyohlik – 42 725 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 4 307 nafar;
  • davolanish – 304 nafar;
  • o‘qish – 40 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 16 nafar.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 11 oyda 7,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,15 mln nafarga oshgan.

Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yo’nalishi deb topildi. Mamlakat Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hay’ati tanlovi natijasiga ko‘ra “Turizm v SNG” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan.

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12423 | Инструменты