Turistik startaplar uchun subsidiya beriladi

Hukumat qarori (443-son, 18.08.2026-y.) bilan “Turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, xarajatlarni qoplash davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda startapni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha startap uchun subsidiya ajratiladi.

Qo‘mita raisi tomonidan Turistik ctartap loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibi shakllantiriladi.

Komissiya tomonidan talabgorga uning arizasi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida suhbat o‘tkazilishi haqida xabarnoma yuboriladi.

Komissiya suhbat o‘tkazilgandan so‘ng 10 ish kunida talabgorning ushbu Reglamentda belgilangan talablarga mosligini o‘rganib chiqadi.

Komissiya tomonidan startapni baholashda uning ma’lum bir turistik xizmatni rivojlantirishga qaratilgani, bugungi kunda turistlar uchun dolzarbligi hamda avval mavjud bo‘lmagan yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan yechimni taqdim etish darajasiga e’tibor qaratiladi.

Xarajatlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunida Qo‘mita talabgorning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘tkazib beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81917 | Инструменты