Turkiyada bedarak yo‘qolgani aytilgan yana bir o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Durdona Hakimovaning o‘limi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro - 1994-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Ergashalieva Sayyoraning vafot etganligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, S.Ergashalieva marhuma D.Hakimovaning yaqin dugonasi bo‘lgan.

Tergov jarayonida gumonlanuvchilar S.Ergashalieva yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortganliklari qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 22-yanvar kuni marhumalar hamda gumonlanuvchilar Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan restoranlardan birida birgalikda tushlik qilgan. Uchrashuv davomida S.Ergashalieva va G.K. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, mojaro S.Ergashalievaning O‘zbekistonga qaytish niyati bilan bog‘liq masalada kelib chiqqan.

23-yanvar kuni T.D. va K.G. o’zaro til biriktirib S.Ergashalievani avval pichoq bilan o’ldirib, tanani bir necha qismlarga bo’lib Fotih tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.

24-yanvar kuni qotillar S.Ergashalievaning telefonidan D.Hakimovaga SMS xabar yuborib uni ham chaqirib, S.Ergashalieva singari uni pichoq tiqib o’ldirib, tanani bir nechta qismlarga bo’lib, Shishli tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.

S.Ergashalievaning jasadi topilganligi haqida OAV da malumot tarqaldi. Biroq Istanbul Sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holatni doimiy nazoratga olgan bo‘lib, Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish bo’yicha ehtiyot chora qo’llanilgan va ular aybiga iqror bo’lishgan, hujjatlar sudga taqdim qilingan.

Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilishi bilan jamoatchilik xabardor qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21316 | Инструменты