Huawei 1
Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega o‘zbeklar soni 58,4 mingni tashkil etmoqda

Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega o‘zbeklar soni 58,4 mingni tashkil etmoqda. Bu haqda Turkiya IIV xabar berdi

E’lon qilingan ma’lumotda Turkiyada mazkur ruxsatnoma bilan yashayotgan barcha xorijliklar ro‘yxati keltirilgan. Unga ko‘ra, yashash ruxsatnomasiga ega xorijliklar soni 1,7 mln nafardan oshgan. Ro‘yxatdan yetakchi o‘rinlarda Turkmaniston (122 ming), Ozarbayjon (85,3 ming) va Rossiya (81,4 ming) fuqarolari bo‘lgan. 

Keyingi o‘rinlarda Eron (76,4 ming), Suriya (73 ming) va Iroq (67,4 ming) turadi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda yettinchi o‘rinni egallagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41723 | Инструменты