Huawei 1
Turkiyada YTHga uchragan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida oyog‘i singan va og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga Bosh konsulxona tomonidan mamlakatga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Turkiyaga ishlash maqsadida borgan fuqaro yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida mototsikl urib yuborgan. Voqea oqibatida ayol og‘ir tan jarohati olgan. 

“Jabrlangan ayol moddiy imkoniyatlarining yo‘qligi va yashash joyisiz qolgani bois qiyin ahvolga tushgan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, hamkor tashkilotlar tomonidan bemorning shifoxona xarajatlarini qoplash va uni O‘zbekistonga qaytarish ishlari tashkillashtirilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61410 | Инструменты