Turkiyaning “Medipol global” klinikasi va “Numa diagnostics” markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

25-fevral kuni Hilton mehmonxonasi konferensiyalar zalida Numa diagnostics va Turkiyaning eng mashhur va dunyo bo‘yicha o‘z nufuziga ega "Medipol" klinikasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi. 

Ushbu memorandum imzolanishi munosabati bilan Turkiyadan dunyoning TOP 10 taligiga kiruvchi onkologiya yo‘nalishidagi Tibbiyot fanlari doktori  professor, dotsent va vrachlar O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda. Bular: Professor Ahmet BILICI, gematolog professor Laylagul Kaynar, dotsent Yontem YAMAN, dotsent Dilek Unal. 

Tadbir doirasida "Mediol" klinakasidan tashrif buyurgan mutaxassislar kelajakdagi rejalar haqida chiqish qiladilar, shu jumladan “Numa diagnostics” jamoasi ham memorandumning tibbiyotga va aholiga foydali tomonlari, shuningdek kelajakda bu kelishuv qanday manfaatli loyiha bo‘lishi haqida chiqish qilishadi. Bu kelishuv taʼkidlash kerakki, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamdo‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Memorandum imzolanishi munosabati bilan, tashrif buyurgan professor vrachlar, “Numa diagnostics” ko‘rsatmalari asosida  O‘zbekistonlik onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlarni, shuningdek onkologik muammolar bilan dunyoga kelgan bolalarni ham 26-27 fevral kunlari bepul ko‘rikdan o‘tkazishadi. 

Memorandum imzolanishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri, so‘ngi yillarda Turkiyaning "Medipol" klinikasi tibbiyotda dunyo miqyosida tan olinayotgan zamonaviy yangiliklar asosida, ko‘plab bemorlarni hayotga qaytishlariga sabab bo‘lmoqda. 

Ushbu klinikaning nafaqat onkologiya balki ko‘plab yo‘nalishlardagi xizmatlaridan foydalanuvchilar orasida o‘zbeklar ham ko‘p ekanligini inobatga olib, yurtdoshlarimizni Turkiya Respublikasiga borishlaridan avval,  salomatliklariga aniq tashxis qo‘yishda Yevropa standartlari asosida tashkillashtirilgan,  avtomatlashtirilgan, yuqori aniqlik va tezlikka ega bo‘lgan “Numa diagnostics” xizmatlaridan foydalanishlari mumkin ekanligini va bu tekshiruv xulosalari Turkiyaning "Medipol" klinikasida tan olinishini targ‘ib etishdir.

Kelajakda hamkorlikda O’zbekistonda birinchilardan bo’lib JCI sertifikati ega bo’lgan inovatsion klinika ochilishi rejalashtirildi. 

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga quyidagi havolalar orqali o'tishingiz mumkin:

Sayt

Instagram sahifa

Telegram

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты