Ugom-Chotqolda noqonuniy bulbul oviga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog'i hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Ekologiya vazirligi davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentining ma'lum qilishicha, reyd davomida Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro R.F. bulbul sayroqi qushlarini noqonuniy ovlashga urinayotgan vaqtida ushlandi. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yil 1-martdan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopilgan. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat'iy taqiqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar tegishli tartibda qaror chiqarish uchun sud organlariga yuborildi. 

Ma'lumot uchun, ayni damda respublikamizdagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda noqonuniy ovga qarshi nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21822 | Инструменты