2024-yil 10-sentabr kuni "Umra – 2024" mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Mazkur reysda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun bo‘ladi.
Ziyoratchilar Madinada Grand Shahba, Makka shahrida esa Al-Ayyam Elite va Marmara Hotel singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.
Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты