Raqobat qo‘mitasi tomonidan OAV va internetda joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqligi o‘rganildi.
Tekshiruvlar davomida ayrim turoperatorlar “Umra” tadbirini lisenziya hujjatlarisiz reklama qilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyati va Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan “Sharofiddin Travel” hamda “Fayz Tour Travel” MCHJlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi 12 ta("Marmaristour.uz", "rozumbetovjurabek", " uzmobile_aviakassa", "Samarqanddan Umra ziyorati" Instagram sahifasi, "Umra Ziyorati", "Fazliddin Umra jamiyati", "Muborak safar", "Qo'qimboyliklar", "Saudiyaga sayohat", "Umra rasmiy", "Aviakassa721", "Nursafar") Telegram va Instagram sahifalari ma’murlari ham qonun talablarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Qo‘mita qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22015 | Инструменты