“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchaga ko'ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari bo'yicha qo'mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so'm) etib belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3mln 400 ming so'm) etib belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70702 | Инструменты