Umumta'lim maktablar reytingi e'lon qilindi
Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 14 ta hududdagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9622 ta maktablar faoliyati tahlili natijalari asosida 2020 yil yakunlari bo‘yicha umumta’lim muassasalarining reytingini hamda tuman va shaharlarning ta’lim sifati bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati ma'lim qildi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rinlar:
Navoiy, Buxoro viloyati, Toshkent shahri.
Eng oxirgi o‘rinlar:
Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati.
Tuman va shaharlar reytingida:
Navoiy shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus tumani, Zarafshon shahri, Uchquduq tumani, Bektemir tumani, Mirobod tumani, Qorovulbozor tumani, Bo‘ston tumani va Yashnobod tumani
So‘nggi o‘rinlarda:
So‘x, Uzun, Beruniy, Chiroqchi, Dehqonobod, To‘rtko‘l tumanlari, Namangan shahri, Muzrabot tumani, Marg‘ilon shahri, Bo‘zotov tumani ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты