Huawei 1
Umumxalq xayriya hasharida 13 mingga yaqin ehtiyojmand oilaga 4 milliard so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatildi

Kuni kecha, respublikamiz bo'ylab umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tdi. “Mahalla” fondi matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga moddiy yordam ko‘rsatildi. 3 ming 102 nafar yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi. Buning uchun 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarf etildi.

Bundan tashqari, 4 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash uchun 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Hashar doirasida 2 million tupga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 11 ming tonnadan ziyod maishiy va sanoat chiqindilari chiqarib tashlandi. 9 mingdan ziyod qabriston, 5 yuzdan ziyod ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Hasharda jami 8 million nafardan ziyod yurtdoshimiz ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 5 milliondan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111701 | Инструменты