Rossiyaning "Ural Airlines" aviakompaniyasining Qarshi – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha U62128 reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airpots xabar qildi. Bortida 154 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot 14 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi.
Ayni damda ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirildi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar "Ural Airlines”ning boshqa reyslarida o‘z manziliga jo‘natiladi.
"Parvoz holati haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviakompaniya vakiliga murojaat qilish mumkin",- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41600 | Инструменты