Huawei 1
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi.

Natijada, katta tergovchi 2025-yilning 16-28 may oralig‘ida 1000 AQSH dollari, 10 mln so‘m, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qiladi.

Shundan so‘ng, tergovchi 1000 AQSH dollari, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Oqqo‘rg‘onda kadastr xodimi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqidaxabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82606 | Инструменты