“Urganch” xalqaro aeroportidan “Urganch-Istambul” reysi orqali uchib ketayotgan chet el fuqarosi R.V. gumon qilinib unga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlar solingan qo‘l sumkasi ichida, og‘zaki so‘rov paytida aytilmagan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taʼqiqlangan, 50 dona (1898, 1903, 1908, 1911, 1914, 1916, 1961, 1962, 1963) yillarda va temuriylar davri tangalari bo‘lgan, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan qadimiy tangalarni olib ketayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining qaroriga asosan davlat egaligiga o‘tkazilgan. Hozirda ushbu qadimiy tangalar “Xiva Ichan-qalʼa” davlat muzey qo‘riqxonaga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi zizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты