Huawei 1
“Uy, mashina so‘rayapti”. Ozoda Nursaidovaning ijodiy guruhi s’yomkadagi baxtsiz hodisa bo‘yicha izoh berdi

Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidovaning qo‘shig‘i uchun klip sur’atga olish jarayonida aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgani, shundan so‘ng u yordam so‘rab post qoldirgani xabar qilingandi. Oradan ko‘p o‘tmay xonandaning o‘sha klipida ishlagan ijodiy jamoa mazkur vaziyat bo‘yicha tushuntirish berdi.

Ularning aytishicha, xonanda Ozoda Nursaidova klipni suratga olish jarayonida qatnashmagan. Shuningdek, ular aktrisaning murojaatida keltirilgan hech qanday birinchi yordam ko‘rsatilmagani haqidagi iddaoni rad etgan.

“Vaholanki, birinchi yordam ko‘rsatilgan. Telefonda har bitta qilingan ish bo‘yicha, shifoxonaga birinchi kundan borganimizdan tortib hozirgacha qilingan narsalar, onasi bilan gaplashilgan gaplar, hammasi yozilgan”, deydi ular. 

Shuningdek, ijodiy jamoa bu voqea ortidan ularga uy oldirishmoqchi bo‘lishganini aytdi. Shu bilan birga, ular holat bo‘yicha tergov davom etayotganini, yakuniy qarorni esa sud chiqarishini ta’kidlagan. 

“U yerda baxtsiz voqea bo‘lgan. Ataylab hech kim bir narsa qilmagan. U qiz yaqinda oyoqqa turibdi. Chunki unga yaqingacha qaralgan. Faqat bu yerdagilar emas, jamoadagi hamma kelib qaragan unga. Ishlay olmaydi, yotishi kerak deb, oyma-oy 500 dollardan berilgan. Hammasining hujjati, videolari bor. Lekin bu narsa qilinyapti, qilinyapti-da, kimlardir aql o‘rgatishi sababli endi oxirida kelib, uy talab qilinyapti, mashina talab qilinyapti. Endi insof bilan-da. Bu narsalar chin yurakdan, Alloh roziligi uchun qilingan, aybdorligi uchun emas. Hech kimning aybi yo‘q bu yerda”, dedi operator Shuhrat Mavlonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31405 | Инструменты