UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Captiva-5 avtomobillari uchun shartnoma berishni boshladi

UzAuto Motors o’z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan ishlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishdi. Bu o’z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.

Quyidagi avtomobillarga shartnoma berish boshlandi:

- Damas va Labo

- Cobalt 

- Onix 

- Tracker 

- Captiva – YANGI!

- Malibu

- Equinox

- Traverse

- Tahoe

Shartnoma olishda Chevrolet dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklardan holi bo’lishni istasangiz, onlayn -servis xizmatlardan foydalanishingizni va faqat rasmiy ma'lumotlarga tayanishingiz tavsiya qilinmoqda:

-      Mobil ilova -  UzAutoSavdo (iOS/Android)

-      Telegram bot -  UzAvtoSavdo_bot

-     Sayt -   savdo.uzavtosanoat.uz

Bu vaqtni tejab, ortiqcha kutishlardan qochish imkonini beruvchi eng tez va xavfsiz xizmat ko’rsatish usulidir.

Avtomobillar haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.

Izohlar: 40
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты