UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Andersson o‘z faoliyatini yakunladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Janob Andersson rahbarligida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshirildi. Shuningdek, “UzAuto Motors” AJning Andijon va Xorazm viloyatlaridagi korxonalarida yengil avtomobillar ishlab chiqarish miqdorining o‘sishi kuzatildi, mahsulot sifati yaxshilandi va avtomobil modellari ro‘yxati kengaytirildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Bo Andersson muddati o‘tgan debitor qarzlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagani uchun jarimaga tortilgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, shvetsiyalik mutaxassis 2021 yil avgustida UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri bo‘lib, Shvetsiyaning Saab, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalarida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122814 | Инструменты