2023-yilning 26-martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar qildi.
26-martdan boshlab Toshkent –London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.
Uzbekistan Airways 29-martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3-martadan 4-martaga ko‘paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, 29-martdan Toshkent – Riga – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 3-martagacha oshirilmoqda. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan 28-martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31-martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotganini ma’lum qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72409 | Инструменты