UZREPORT TV telekanalining rahbariyati va bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 28 avgust kuni UZREPORT TV telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq telekanalning rahbariyati va bir guruh xodimlariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mukofotlarni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdi.

Tadbirda mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida erishilgan yuksak natijalarda axborot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarning ham ulkan hissasi borligi ta’kidlandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52722 | Инструменты