Vengriyadagi yetakchi IT kompaniya bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Budapeshtda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi bilan Vengriyaning yetakchi kompaniyalaridan biri — “4iG Plc ” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuv doirasida raqamli transformatsiya, IT-autsorsing va texnologik almashinuv sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.“4iG Plc ” — Vengriyaning  IT-xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi, kiberxavfsizlik, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va raqamli transformatsiyaga ixtisoslashgan eng yirik texnologiya va telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi.  

Uchrashuvda raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maqsudov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Qo‘chqorov va “4iG Plc” boshqaruv kengashi raisi Gellert Yasaylar o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.  Uchrashuv doirasida tomonlar uzoq muddatli va strategik hamkorlikka intilishni mustahkamlovchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjat autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, IT -xizmatlar eksporti, shuningdek, startaplar va akseleratsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlash kabi keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Tomonlar amaliyotlar, ekspert tashriflari, seminarlar tashkil etish va bilim almashish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.  

Muzokaralarda yuqori malakali kadrlar, soliq imtiyozlari tizimi va IT Park negizida yaratilayotgan moslashuvchan innovatsion infratuzilma tufayli O‘zbekistonning xalqaro IT -kompaniyalarni kengaytirish uchun yangi maydon sifatidagi salohiyatini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21906 | Инструменты