Huawei 1
Viloyatliklarni turli xil so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni Toshkent shahriga kelmasliklarini aytgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi

Ma'lum bo'lishicha, 21 yoshli qashqadaryolik yigit va uning 19 yoshli samarqandlik o‘rtog‘i (talaba) joriy yilning 28 fevral kuni viloyatliklarni turli xil so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni Toshkent shahriga kelmasliklarini aytib, video olgan. Ertasi kuni 1 martda esa ular ushbu videoni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylagan.

7 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchilar ushbu videoni olishdan maqsadi birovni kamsitish bo‘lmagani, shunchaki so‘zlalashish shevalarini o‘xshatish maqsadida olishgani, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashgani, viloyatliklarni “xarip” va boshqa haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanligi va videotasvir joylanganidan 4 soatdan keyin ijtimoiy tarmoqdan o‘chirilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular aybiga to‘liq iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi, boshqa bu kabi holatlar takrorlanmasligini bildirib, yengillik berishni so‘rashgan.

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va ulargga shu modda bilan nisbatan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты