Huawei 1
Vodiy tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank rahbar xodimlari Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbirlar davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida banklar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan so‘nggi islohotlar, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar, imtiyoz va preferensiyalar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

“Mahalla bankiri” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi asosida ajratilayotgan soddalashtirilgan kreditlar haqida ham batafsil ma’lumot taqdim etildi.

– Bu yil odatdagidan ko‘ra qizg‘in boshlandi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning biznes bo‘yicha bosh direktori Temur Norov. – Prezidentimiz boshchiligida mahalla bankirlarining “xonadonbay” ishlab, har bir oilaga tayyor biznes rejalar taklif etayotgani, loyihasining har bir bosqichida – kredit olish, biznes ochish, mahsulot sotish jarayonlarida hamrohlik qilayotgani hududlarda iqtisodiy faollikni oshirishning yangi boschiqini boshlab berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, bank mahsulot va xizmatlari, bank amaliyotlarini onlayn bajarishga oid yechimlar taqdimot qilindi.

Ochiq muloqotlar chog‘ida tadbirkorlarning o‘z faoliyatini kengaytirish, zamonaviy uskunalar va xom ashyolar xarid qilish, yangi loyihalar uchun kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Qator masalalar joyida hal etildi, o‘rganish talab etilgan muammolar esa, bank rahbariyati nazoratiga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50409 | Инструменты