Huawei 1
Vodiy viloyatlaridagi gaz zapravkalar ikki kunga gazdan uziladi

Isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida davlat dasturlari doirasida magistral gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.

Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari isteʼmolchilarining tabiiy gaz taʼminoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda taʼmirlash ishlari vaqtida (5-6 sentyabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik isteʼmolchilarning gaz taʼminotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari isteʼmolchilari uchun avtobenzin yonilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

Maʼlumot uchun: ushbu qurilish-montaj ishlari davomida aholi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90414 | Инструменты