19 iyun kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida xonanda Shoira Otabekova yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:20 larda Qo‘rg‘ontepa tumani “Xurobod” MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42 kilometrida 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi Shoira Otabekova o‘zining BYD song plus rusumli transport vositasida Xonobod shahar yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilib, YTH sodir etgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositasi texnik shikastlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xonandaning o‘zi ham bu haqda Instagram sahifasi orqali ma’lum qilib, ahvoli yaxshi ekanini bildirgan.
“Men avariyaga uchradim. “Strchniy”ga chiqib siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi kim buni tagida turganini”, deb yozgan u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72000 | Инструменты