Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan IIV izoh berdi.
Aniqlanishicha, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7-yanvar kuni o‘zining otasi 1972-yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan yetkazilgan.
Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60604 | Инструменты