Xorazmda 3 qavatli do‘kon yonib ketdi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida 3 qavatli savdo do‘koni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani “Temirchi maskan” MFYda joylashgan 3 qavatli savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da hodisa joyiga yetib borib, soat 16:39 da yong‘in o‘rab olingan va 17:10 da o‘chirilgan. 

Yong‘inni bartaraf etishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida do‘konning 280 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konining 200 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты